
Endi jamoa a'zolari 5 iyul kuni o'z qarorgohlarida yig'ilishadi va Zomin tog'larida yig'inlar o'tkazishga jo'nab ketishadi. U yerda asosan jismoniy tayyorgarliklarga jiddiy e'tibor qaratish belgilangan. Mavsum oralig'ida yig'inlarga bir qator futbolchilarni taklif etish ham ko'zda tutilgan. Ikkinchi davrada oldiga oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishni maqsad qilgan jamoamiz, yig'inlarga katta e'tibor qaratishga harakat qilyapti.