"So'g'diyona" 15 yillik tanaffusdan so'ng Andijonda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2014, 09:22
Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona" kecha "Andijon"ni safarda mag'lub etdi - 2:1.
Kechagi o'yinga qadar vodiyda ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda “burgutlar” 10 bor zafar quchishgandi. 2 marta durang qayd etilgan. Jizzax klubi Andijondan 4 bor g'alaba bilan qaytgandi.

“So'g'diyona” ushbu klublar o'rtasidagi Andijonda kechgan o'yinlarda so'nggi bor 1999 yil g'alaba qozongandi. Oradan 15 yil o'tib "So'g'diyona" Bobur yurtidan uch ochko bilan ortiga qaytdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia