

Bir necha oy jarohatini davolagan futbolchi kecha, 11 fevral kuni "Xetafe"ga qarshi LaLiga uchrashuvida maydonga tushgan edi. Biroq u bugungi mashg'ulotda ishtirok etmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining oshqozonida og'riq borligi tufayli, Dembele jamoadoshlari bilan shug'ullanmagan.
Oldinroq, xorij OAVda Usmon Dembele "Chelsi"ga qarshi o'tkaziladigan Chempionlar ligasi uchrashuvigacha to'liq sog'ayib ketishi e'lon qilingan edi.



