Sofascore. Al Feyha g'alaba qozongan bahsda Shukurov qanday baho oldi?

Khoja
16 mar 2025
Kecha Saudiya Arabistoni Pro ligasi 25-tur doirasidagi "Al Ittifoq" - "Al Feyxa" o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Mezbonlar safida O'zbekiston MTJ a'zosi Otabek Shukurov ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Yarim himoyachi ikkinchi bo'lim arafasida zaxiraga olindi. Shuningdek, Shukurov 26-daqiqada ogohlantirilgandi.

Sofascore nashri yarim himoyachimizning harakatlarini yaxshi baholadi va unga 7,2 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore