

Mavsumning birinchi davrasini Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Sobir Hamidov jamoamiz bilan shartnomaga imzo chekdi.
Asli Qo'qonlik bo'lgan Sobirjon bugungacha jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan edi. Murabbiylarimizga harakatlari maqul kelgan futbolchi, bugun “Buxoro”ga qarshi bo'ladigan kubok o'yinida o'zining debyutini o'tkazishi mumkin.



