

- Biz judayam muhim o'yinda g'alaba qozondik. Andijonga qarshi o'yinga bir hafta tayyorlandik. Murabbiylarimiz raqibni yaxshi o'rgandilar va shunga yarasha bizni o'yinga tayyorlashdi. Bugun bosh murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarganimiz va maydonda hamjihatlikda harakat qilganimiz evaziga g'alaba qozondik. Barcha muxlislarimizga bizni qo'llab turganlari uchun rahmat aytaman. Keyingi o'yinlarda ham ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz – deydi Sobir Hamidov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



