

Ushbu uchrashuvdan oldin “Sug'diyona” yarim himoyachisi Sobir Hamidov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- Ushbu bellashuvga juda kuchli tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi uchrashuvda durang natija qayd etilgandi. Javob bahsida g'alaba ishtiyoqi qaysi jamoada kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi. Jamoa ruhan va jismonan o'yinga tayyor. Bo'lajak uchrashuvga finalga chiqqandek chiqamiz, – deydi Hamidov.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi



