Slot "Liverpul" tarixiga kirdi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2024
Angliyaning "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot "qizillar" tarixidan joy oldi, deb xabar berdi "Squawka".

Xabar qilinishicha, niderlandiyalik mutaxassis "Liverpul" tarixidagi birinchi bosh murabbiy bo'ldi, jamoa uning qo'l ostida mavsumning dastlabki o'nta uchrashuvida to'qqizta g'alabaga erishdi. Premer-liganing 7-turida Londonning "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alaba rekord bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Slot ushbu mavsum "Liverpul"ga mavsumdagi birinchi safar uchrashuvida g'alaba keltirgan 88 yil ichidagi ilk murabbiyga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka