Muddatidan avval iste'foga chiqarilganidan ranjigan murabbiy jurnalistlarga ishdan bo'shatilishi borasida axborot berishni istamayapti.
"Men u yerdan ketdim va boshqa biror nima deyishni istamayman", - deya iste'fosiga sharx berishdan bosh tortdi Slomka.
Mirko Slomka shu paytga qadar faqat shaxsiy veb-sahifasi orqali "Gannover" muxlislariga murojaat etib, ularga to'rt yillik iliq hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Qadrli "Gannover" muxlislari, sizlarga to'rt mavsum davomida bizni doimo ko'tarinki ruhda qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar bilan o'tgan ajoib damlarimni aslo unutmayman. Istaymanki, jamoaga doim sodiq qoling va yigitlarni qo'llab-quvvatlashda hech ham charchamang!", - dedi "Gannover"ning endilikdagi sobiq ustozi.
"Bild" nashrining axborot berishicha, Slomka "Gannover"dan erta bo'shatilgani tufayli 1,5 mln evro miqdorida kompensaciya oladi. Eslatib o'tamiz, u 2010 yildan buyon Gannover shahri bosh jamoasini boshqarib kelayotgan edi.