Sky Sports Lempardni televideniega chorlamoqda

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015, 12:38
Sky Sports o'zining yulduzli televizion ekspertlari qatorini "Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempard bilan to'ldirmoqchi.
Biroq bu holat faqat Lempard futbolchilik faoliyatini tugatganidan so'ng sodir bo'ladi.

36 yoshli Lempard shu haftada televidenieda sinovdan o'tadi. Frenk YCHL o'yinlarini tahlil qilish vaqtida studiya mehmoni bo'ladi.

Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, agar Lempardga bu ish yoqib qolsa telekanal Frenkka yaxshigina maosh taklif qilmoqchi. Yaqinda Sky ekspertlari qatoriga Terri Anri qo'shilgandi.

Frenk hali beri faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti. U keyingi mavsumda AQSHda "Nyu-York Siti" klubida ham faoliyat olib bormoqchi.

Aniy paytda Sky Discovery va beIN Sports bilan Premer-Liga o'yinlarini 2016-2019 yillarda namoyish etish huquqini olish uchun kurshaishmoqda. Aukcion narxi 4 milliard funtgacha ko'tarilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru