Skoulz: "MYU rahbariyati o'rnida Mourinyuni haydamagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
5 okt 2018, 15:50
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, ayni damda Sky Sports telekanaliga ekspert sifatida ishlayotgan Pol Skoulz "qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu muammolari haqida to'xtaldi.

"Manchester Yunayted"ning asosiy muammosi futbolchilarning intilishi va ularning ishga bo'lgan munosabatida. "Vest Xem"ga qarshi bahsda jamoa Joze uchun o'ynashni istamayotgandek taassurot uyg'ondi. Ammo uni haydamagan bo'lardim. Vaziyatni hali ham o'nglasa bo'ladi deb umid qilaman. Joze nega dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri ekanligini isbotlashini xohlayman, bu uning faoliyatidagi asosiy imtixon" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EPSN