Skoulz: "Manchester Yunayted" "Arsenal" va "Tottenxem"dan kuchliroq, ular "Milan"ni enga oladilar"

Mirjalol Normatov
26 fev 2021, 22:34
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulzning fikricha, "qizil iblislar" Yevropa ligasining chorak finaliga yo'l olishga qodir.

"Menimcha, "Manchester Yunayted"ning tarkibi turnirda qolgan barcha ishtirokchilarnikidan kuchli. O'tgan mavsumda ham shunday edi. Ammo "Sevilya" keyingi bosqichga chiqa oldi. Ular Yevropa ligasida qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladilar. Hozir esa MYUda Yevropa ligasini yutish uchun imkoniyatlar juda katta. Biroq jamoada "proval" o'yinlar ham bo'lib turibdi. Lekin ayta olamanki, MYU "Arsenal" va "Tottenxem"dan kuchliroq. "Yunayted" "Milan" to'sig'idan o'ta oladi", - dedi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal