"Siti" Saneni 35 mln funtga sotmaydi

Mirjalol Normatov
15 may 2020, 21:29
Germaniyalik futbolchining narxi ikki baravar qimmat.

"Evening Standart" ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Siti" Leroy Sanening transfer narxi borasida bir qarorga keldi.

"Shaharliklar" "Bavariya"ning 35 million funtlik taklifiga rad javobini bergan. "Siti" o'z futbolchisini ikki baravar qimmatga, yani, 70 mln funtga sotmoqchi bo'lib yuribdi.

Eslatib o'tamiz, Sanening "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standart