Sissoko: “Pogba “Yuventus”ga qaytishni xohlamoqda”

Muhammad Sissoko Pogba haqida gapirdi.

“Zidan Pogbaning xizmatlariga qiziqib qolgan. Zizu uni “Real”da ko'rishni xohlaydi. Biroq Pogbaning o'zi “Yuventus”ga qaytishni istamoqda. Ammo hammasi Polning o'ziga bog'liq emas. Ko'p narsa “Yunayted”ga ham taalluqli”, - deydi Sissoko.

Ma'lumot uchun, Pogbaning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.


Manba: Football Italia