Simone Inzagi: "Chempionatni to'xtatish kerak emas"

Alisher
11 okt 2020
"Lacio" bosh murabbiyi Simone Inzagi koronavirusga kasallanganlar sabab chempionat to'xtatilmaydi deb hisoblaydi.

"Biz koronavirus muammosining kuzda qaytishini bilardik. Hozir biz xavfsizlik choralariga tayyormiz va bunga diqqat bilan qaraymiz. Biz ogoh bo'lib davom etishimiz kerak, biz bu bilan yashaymiz.

Hali vakcina yo'q ekan, olg'a harakatlanishimiz kerak. Chempionatni to'xtatish kerak emas", - deydi Inzagi.

"Lacio" Italiya A Seriyasining dastlabki 3 turida 4 ochko jamg'argan holda jadvalda 9-o'rinda bormoqda. Rimliklar keyingi o'yinni mehmonda "Sampdoriya"ga qarshi o'tkazishadi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb