Simeone sobiq xotinini sudga beradi

Alisher
18 may 2022, 16:28
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone sobiq xotini Karolina Baldinini sudga bermoqchi ekanligini aytdi.

Argentinalik mutaxassisning bunday qarorga kelishida Baldinining televideniyada chiqishi va u yerda turmush o'rtog'idan ajralish tafsilotlari haqida gapirgani sabab bo'ldi.

"Uning hammasini aytishidan charchadim. Ortga yo'l yo'q. U oila kodeksini buzdi, sabrim tugadi", - deydi Simeone.

Qayd etish kerakki, juftlik 20 yil yashadi va uch nafar farzand ko'rishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Nacion