Simeone "Napoli"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022, 19:19
"Verona" hujumchisi Jovanni Simeonening Neapolga kelish ehtimoli bor.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Insayderga ko'ra, Neapol klubi Jovanni bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. "Napoli" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi kutilmoqda.

Simeone o'tgan mavsumda 17 ta gol urib, "Verona"ning A seriyadagi eng yaxshi to'purari bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira