Simeone "Everton" uchun "Atletiko"ni tark etadimi?

Aslanov Jasurbek
18 noya 2017
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening ma'lum qilishicha, uning kelajakdagi bir necha yili faqat Madrid klubi bilan bog'liq.

Oldinroq, "Everton" egasi Farxod Moshiri uning jamoasini argentinalik mutaxassis boshqarishini istayotgan edi. Ayni damda Liverpul klubi jamoani tark etgan Ronald Kuman o'rniga yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelgani yo'q.

"Kelajagim "Atletiko" bilan bog'liq. Ular kamida ikki yil kutishlariga to'g'ri keladi. Bu borada ishonchim komil" - deydi Simeone.

Simeonening "Atletiko" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports