Simeone: "Atletiko" guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2014, 13:17
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi 6-tur uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Biz guruh bosqichida birinchi o'rinni olishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda yopiq o'yin bo'ldi, ular o'ng qanotda xavfli harakat qilishdi.

Tanaffusdan so'ng biroz orqaroq qaytib, raqib tashabbusni qo'lga olishini kutdik. Bu qiyin bo'lishini bilgandik , chunki bu "Yuventus". Nimchorak finalda kimning raqibi turinliklar bo'lsa, o'sha jamoga qiyin bo'lishiga kafolat beraman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com