Shvarcenegger Barselona mashg'ulotiga keldi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2016, 07:41
Mashhur aktyor Arnold Shvarcenegger Barselona futbol klubi bazasiga tashrif buyurdi.

Mashg'ulotlardan oldin u bilan Jordi Alba, Xaver Maskerano, Serdji Buskets, Denis Suares, Rafinya Alkantara, Neymar va Pako Alkaser suhbatlashdi. Aktyorga Barselona futbolkasi topshirildi.

Shvarcenegger Kataloniyada Arnold Classic Europe – bodibildingchilar chiqishi bo'lib o'tayotgani uchun Barselonaga keldi keldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com