Shunaqasiyam bo'ladimi? "Al Ahli" Firminoni chempionat qaydnomasidan chiqarib yubordi. Hujumchini qishda sotishmoqchi edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
8 fev 2025, 16:56
"Al Ahli" Roberto Firminoni chempionat uchun qaydnomadan chiqarib yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik hujumchi Vanderson Galeno xarid qilinganidan so'ng Saudiya Arabistoni ligasida o'ynay olmaydi.

"Liverpul" sobiq futbolchisi OFK Elit Chempionlar ligasi qaydnomasida qoldi.

Firmino endi "Al Ahli" rejalariga kirmaydi. Klub qishki transfer oynasida uni sotmoqchi edi, ammo braziliyalik taklifni rad etdi.

Firmino klub bilan 2026 yilning yozigacha bo'lgan shartnomani bekor qilmoqchi emas. Bitim o'yicha, u oyiga 1,7 mln. evro ishlab topadi.

Braziliyalik bu mavsum Saudiya Arabistoni ligasining 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano