Shuhrat Muhammadiev futbolga kirib kelgan maktabiga tashrif buyurdi FOTO

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017, 09:58
8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan, Shuhrat Muhammadiev Shahrisabz shahridagi “Hisor” markaziy stadionida joylashgan “Sho'rtan” PFK taassafurdagi Bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tashrif buyurdi.

Maktabda tahsil olayotgan yosh iqtidor egalari bilan qizg'in suhbat va o'zaro savol-javoblar bo'ldi. Maktab tarbiyalanuvchilari chempion bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi. O'zbekiston chempioni maktabdagi  bir qator ijobiy o'zgarishlar va  yosh futbolchilarning  o'quv-mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Maktabda bayramga bag'ishlab o'tkazilayotgan guruhlar o'rtasidagi musobaqani bevosita maydonda kuzatdi. Shundan so'ng, birinchi ustozi Otabek Hatamov va bir qator futbol ishqibozlar bilan ham samimiy suhbatlashishdi. Uchrashuv so'nggida, maktab mamuriyati va maktab tarbiyalanuvchilari  etibor uchun o'z tashakkurini izhor qilishdi.

“Bolalikdagi futbol saboqlarini mana shu maskanda, tajribali ustozlarimdan talim olganman, maktabga qaytganimdan baxtiyorman, qachonlardir hayotimdagi futboldagi birinchi qadamlarni shu yerda tashlaganman” - deydi futbolchi.


- Yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish  borasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shunday chora-tadbirlar bolalar,o'smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar va mana shunday tadbirlar tashkil etilishi yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo'lga qo'yilmoqda.

Bugungi bayramona tadbirda yosh futbolchilar  o'zlari havas qilgan va  mana shu maktabda kamol topgan iqtidorli yosh futbolchi Shuhrat Muhammadiev bilan dildan suhbatlashdi.
Bolalar va o'smirlar futboliga  bo'lgan etiborni keskin suratda oshirishayotgan O'zbekiston Futbol Federatsiyasining qilayotgan ezgu ishlari taqsinga loyiqdir - deydi “Sho'rtan”PFK qoshidagi Shahrisabz bolalar va o'smirlar  futbol maktabi direktori Suhrob Azizov.


Eslatib o'tamiz, Shuhrat Muhammadiev futboldagi faoliyatini 2000 yil Shahrisabzning “Hisor” jamoasining  yoshlar jamoasida boshlagan 7 yil davomida jamoa va 2003 yil “Sho'rtan” PFK qoshida ochilgan BO'FM  mashg'ulotlarida qatnagan. Birinchi ustozi Otabek Xatamov.

2007 yil  viloyat ichki chempionatida  ishtirok etayotgan “Hisor ”jamoasini o'y uchrashuvlaridan biri bevosita maydonda  kuzatgan futbol jonkuyari, viloyat futbolining rivojlanishida o'chmas iz qoldirgan Nuriddin Zayniev (rahmatli) “Hisor”jamoasi tarkibidagi 4  nafar Jasur Pardaev, Bobur Pirimov,Temur Jumang'ulov, Shuhrat Muhammadievni “Nasaf” jamoasiga tavsiya qiladi.

Shuhrat Muhammadievning katta professional futbolga kirib kelishiga Nuriddin Zayniev sabab bo'ladi.


Faxriddin Choriev.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia