"Shtutgart" himoyachisi: "JCHga borish uchun darvozabon bo'lishga ham tayyorman"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 12:00
"Shtutgart"ning fransiyalik himoyachisi Benjamen Pavar Rossiyada o'tadigan jahon chempionatida qatnashmoqchi.

"Agarda kerak bo'lsa JCHga borish uchun Fransiya termasi darvozaboni bo'lishga ham tayyorman. To'g'risini aytsam, 23 kishilik tarkibda qayd etilishimga ishonmayman. JCHda o'ynash nimaligini bilasizmi? Futbolchiga bundan ortiq baxt yo'q", - dedi Pavar.

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasida Ugo Loris, Alfons Areola va Stiv Mandanda kabi kabi darvozabonlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru