Shota Arveladze va Masharipov ishtirok etgan, Sadriddin Abdullaev tabriklangan mashg'ulotdan galereya

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2020, 23:14
Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliga restartiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Sherlar"ning bugungi mashg'ulotini Turkiyada qaytib kelib 14 kun karantinda bo'lgan bosh murabbiy Shota Arveladzening o'zi olib bordi. Bu haqda oldinroq xabar bergandik. Bundan tashqari darvozabonlar murabbiyi Ibrohim Yilmaz ham mashg'ulotlarga qo'shildi. 

Bir necha kun davomida jarohat tufayli umumiy guruhda shug'ullana olmagan Jaloliddin Masharipov bugun nihoyat to'liq kuch bilan mashg'ulot olib bordi.

Quyida bugungi mashg'ulotlardan fotogalereyani tomosha qiling


Antiseptik vositalardan doimiy foydalaning!


Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Sadriddin Abdullaev jamoadoshlari tomonidan "tabriklandi"


Ibrohim Yilmaz mashg'ulotda


Ertaga tug'ilgan kunini nishonlaydigan Vladimir Kozak


Sherzod A'zamov to'p bilan, uni Igor Sergeev quvlamoqda


Jaloliddin Masharipov


Karantin vaqtidagi so'rashish


Havodagi Akrom Komilov


Odiljon Hamrobekov to'pni qabul qilmoqda


Laslo Yambor: Ko'zga qarash kerak  


Gocha Tkebuchava Masharipov safga qaytganidan xursand bo'lsa kerak  


Ushbu fotoga o'zingiz izoh yozib ko'ring. 




foto: Jahongir Fayzullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia