Shota Arveladze: Har ikki jamoa o'zini ko'rsatishga urinadi

28 apr 2018, 23:07
Paxtakor bosh murabbiyi Lokomotiv bilan derbidan oldin o'yin haqida fikrlarini aytib o'tdi.

- Biz juda muhim uchrashuvda maydonga tushamiz. Lokomotiv mavsumni juda muvaffaqiyatli boshlamadi, ammo bu holat derbida ahamiyat kasb etmaydi. Unda jamoalar eng yaxshi jihatlarini namoyish etishga intiladi. Shuning uchun juda muhim va muxlislarga qiziqarli holatlarni taqdim etadigan bellashuv kutmoqdaman.

O'yinga jiddiy e'tibor bilan qaraymiz. Unda ishqibozlarga kuchli taraflarimizni ko'rsatmoqchimiz. Umid qilamanki, ular bizni faol qo'llab turishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати