“Sho'rtan”ning yoshlari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2016, 14:14
G'uzorliklar jamoasining yoshlar tarkibi ham ikkinchi davra bahslariga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda.

Murabbiylar Komil Jo'raev hamda Akmal Saidqulovlar qo'l ostida mashg'ulotlar o'tayotgan “Sho'rtan” jamoasining yosh futbolchilari kuni kecha sinov nazorat uchrashuvida muboraklik tengqurlarini qabul qilishdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarni Shahzod Xursanov (32-penaltidan) va Ilhom Abdiev (71) kiritishdi.   

“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia