"Sho'rtan" jamoasida yangi legionerlar ko'rikdan o'tishadi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015, 15:25
Bu yildan Oliy ligada faoliyat yuritadigan G'uzorning “Sho'rtan” jamoasiining selekciya ishlari qizg'in pallaga kirdi.

Bundan avval xabar berganimizdek, yaqin kunlarda jamoamiz safiga “Olmaliq” klubining sobiq a'zosi, serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich va turkmanistonlik legioner futbolchi, qanot yarim himoyasida o'ynaydigan Amanov Arslanmurotlar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Darko Stanoevich mamlakatimiz futbol ishqibozlariga tanish. Arslanmurat Amanov yurtimiz futbol muxlislariga tanish emas.

Ushbu futbolchi 1990 yil 28 martda Turkmaniston Respublikasining Mari viloyatida tavallud topgan. U o'tgan mavsumda Qozog'istonning Pavlodar shahrining “Irtysh” klubida to'p surgan. 24 marta maydonga tushib, 1ta gol muallifi bo'lgan. Turkmansiton milliy terma jamoasi a'zosi va Turkmaniston Olimpiya terma jamoasida ham o'ynagan. U milliy terma jamoa safida 19 marta maydonga tushib, 6ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu legioner o'tgan yili “Olmaliq” jamoasi ko'rigida ham bo'lgan.

Ayni kunlarda legioner futbolchilarning viza masalasi hal bo'lish arafasida turibdi. Ushbu masala ijobiy amalga oshsa, futbolchilar kelasi haftadan jamoa safiga qo'shiladilar va jamoa ko'rigidan o'tishadi.

Legioner futbolchilar murabbiylarga maqul bo'lsa, klub rahbariyati ular bilan shartnoma tuzishga tayyor.

Jamoa selekciya ishlari davom etmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcshurtan.uz