"Sho'rtan": Rustam A'zamov umumiy guruhga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015
Joriy yilgi chempionatda “Oq bo'rilar” jamoasi sharafini himoya qila boshlagan Rustam A'zamov, kutilmaganda “So'g'diyona”ga qarshi G'uzorda kechgan uchrashuvda oyog'idan jarohat olgan edi.
Keyinchalik shifokorlar tashhisiga ko'ra, bu jarohat jiddiy bo'lib chiqdi. Himoyachi aprel oyi boshida Moskvaga borib, jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi va yaqin kungacha davolanish muolajalarini boshidan o'tkazayotgandi. Klub shifokori - Alisher Abdurahmonovning bergan ma'lumotlariga qaraganda, kuni kecha u umumiy guruhdagi yigitlar bilan birgalikda  mashg'ulotlarga kirishgan. “Ayni paytda Rustam A'zamovning sog'ligi yaxshi. Futbolchini bezovta qiladigan holatlar kuzatilmayapti. Tiklanish jarayoni ham ko'ngildagidek kechmoqda. Shifokorlar tomonidan barcha tibbiy maslahat va yordam ko'rsatilmoqda. A'zamov tez orada “Sho'rtan” safiga qaytishi kutilmoqda”, - deydi A.Abdurahmonov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz