“Sho'rtan” noqulay raqibning g'alabali seriyasiga barham bera oladimi?

Narzulla Saydullayev
25 apr 2017, 11:58
O'tgan haftada “Navbahor” - “Sho'rtan” o'rtasidagi uchrashuvda “oq bo'rilar” mag'lub bo'lishdi.

Ixtiyor Karimov shogirdlari safardagi kichik mag'lubiyatdan so'ng, jamoa o'z maydonida oliy liganing yetakchilar qatoriga kirib borayotgan, mavsumni ajoyib tarzda boshlagan “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bo'lajak bahsda g'uzorliklar  2015 yilgi mavsumdan buyon bu raqib bilan oliy ligadagi o'zaro to'qnashuvlarida  “Qo'qon-1912” jamoasi ustidan biror marta g'alaba qozonmagan.  2016 yilgi mavsumda tur natijasida  0:2 , 2:4  hisoblari qayd etilgan.

7-turda  “Qo'qon-1912” “Metallurg” bilan o'ynadi. Ushbu o'ziga xos keskin kurashda  “Qo'qon-1912” yirik hisobda ustun keldi. Qo'qonliklarning har uchala goli Suhrob Berdiev nomiga yozildi. Ushbu g'alabadan keyin “Qo'qon-1912” ochkolari sonini 14taga etkazdi va jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi.  Qo'qonliklar  mehmonda  ham g'alabali seriyani rasmiylashtirishga harakat qilishadi. “Oq bo'rilar” esa  o'z maydonida muxlislari ko'z o'ngida noqulay raqibga hujumkor futbolni tuhfa etishi aniq. “Sho'rtan” jadvaldagi holatni yaxshilashni istasa, G'uzorda kechadigan bahsda raqibdan ochko tortib olishi  shart bo'ladi.

Bu safar Ixtiyor Karimov boshchiligidagi “Sho'rtan” jamoasi  qo'qonliklarning o'zaro bahslardagi g'alabali seriyasiga barham bera oladimi. Shubhasiz, 28 aprel shanba oqshomida  ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvda ajoyib futbol shousini guvohi bo'lamiz.

Fahriddin Choriev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia