

11-turdagi “So'g'diyona” bilan bo'ladigan bahs oldi dastlabki mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. “Oq bo'rilar” o'tgan mavsumda har-ikki bahsda o'z maydonida 4:1 safarda esa 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Safardagi uchrashuvdagi gollariga Zafar Polvonov hamda Jamol Otaqulovlar mualliflik qilishgandi.
Jamoadagi kayfiyat a'lo darajada futbolchilar bo'lajak uchrashuvga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik olib bormoqda.
Fahriddin Choriev.



