

Ayni paytdagi mashg'ulotlar 15 yanvarga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi. G'uzordagi yig'in davomida “Sho'rtan” 11 yanvar kuni sinov nazorat uchrashuvida “Nasaf” bilan kuch sinashadi.
G'uzorliklar 18 yanvar kuni Toshkentga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab kyetishadi va shundan so'ng, qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini poytaxtda davom ettirishadi.
"Sho'rtan" matbuot xizmati



