Shomurodovga Bundesliga klubi qiziqmoqda

Alisher
27 avg 2019, 12:11
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi "Rostov" forvardi Eldor Shomurodovga qiziqmoqda.

Nemis klubi 24 yoshli hujumchini 5,5 million evroga baholamoqda. Tomonlar qishki transferlar oynasida muzokaralarni boshlashlari mumkin.

Shomurodov "Rostov"ga 2017 yil yozda kelib qo'shilgan. U bu vaqt davomida 51ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etgan.

Hamyurtimiz joriy mavsum RPL doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: riafan.ru