Shomurodov Mourinyuning rejalaridan joy olmagan

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2023
Eldor Shomurodov katta ehtimol yangi mavsumni "Roma"da boshlamaydi.

Gap shundaki, Joze Mourinyu "Instaram" sahifasi "storisi"ga surat yuklab, unda yangi mavsumda tarkib qanday bo'lishini ko'rsatgan.

Suratga yaxshilab e'tibor bersangiz, hujum chizig'ida yozilgan ismlar orasida Shomurodov familiyasi yo'q.

Eldor Shomurodov so'nggi mavsumni ijara asosida "Speciya"da o'tkazgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia