Shomurodov jamoasining ustozi 6ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018
Rossiya futbol ittifoqi tartib-intizom qo'mitasi (TIQ) rahbari Artur Grigoryancning so'zlariga ko'ra, "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin 6ta uchrashuvga chetlatildi.

"Karpin hakamni so'kmadi. Biz murabbiy va zaxira hakami o'rtasida yuz bergan vaziyatni ko'rib chiqdik. O'sha paytda Karpin reglament qoidasini buzgan, yani - hakamni atayin turtgan. Mutaxassisning o'zidan ham ko'rsatmalar oldik. Ma'lum bo'lishicha, murabbiy hissiyotlarga berilib kyetib, o'zini tutolmay qolgan.

Texnik hududdan chiqqani va o'yin rasmiy shaxsini turtgani uchun Karpin 80 ming rubl to'laydi. Shu bilan birga u Rossiya chempionatining 6ta uchrashuviga diskvalifikaciya qilindi" - deydi Grigoryanc.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov" safida to'p tepadi.

Rossiya. Janjallarga boy o'tgan uchrashuvda Denisov jamoasi Shomurodov klubini mag'lub etdi

Karpin: "Hammasi hakamlar tufayli bo'ldi"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com