

Saudiya Arabistoni futbol Federatsiyasi 32 yoshli hakamni kelishilgan o'yin tashkil etishga uringani uchun diskvalifikaciya qildi. Al-Mirdasi mamlakat kubogi finalida ishlashi kerak edi.
Al-Mirdasi klub vakillaridan biriga kerakli natija uchun ma'lum miqdorda pul so'rab xat yozgan. Klub esa bu haqda federatsiyaga ma'lum qilgan.
Ayni paytda hakam policiyada. Al-Mirdasi finalda ishlamaydigan bo'ldi. U JCH-2018da ishlaydigan hakamlar ro'yxatidan o'rin olgan edi.
Saudiya Arabistoni futbol Federatsiyasi FIFAga hakamni diskvalifikaciya qilishni so'rab xat yo'llagan.
Ma'lumot uchun, Fahad Al Mirdasi 2015 yil Osiyoning eng yaxshi hakami sifatida taqdirlangandi.




