Shlotterbek Chempionlar Ligasi finali yo'llanmasi qo'lga kiritilganini nishonlash vaqtida jarohat olishi mumkin edi

Omonjon To`xtamirzayev
9 may 2024, 13:04
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa Chempionlar Ligasi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgach, uni nishonlash vaqtida noxush vaziyatga tushib qoldi.

PSJga qarshi javob uchrashuvi (1:0) final hushtagi chalingach, dortmundliklar muvaffaqiyatni nishonlashni boshlab yuborishdi. Muxlislar oldiga sakrab chiqmoqchi bo'lgan Shlotterbek sirpanib ketdi va yiqilib tushdi. Baxtiga u hech qaerini shikastlab olgani yo'q va jarohatdan qutulib qoldi.

Muxlislar bu vaziyatda asosiy tarkib a'zosi jarohat olishi mumkinligidan havotirga tushgan bo'lsa, jamoadagilar uni xazillarga sabab sifatida qabul qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun