Shkrinyarning PSJga o'tishiga kim qarshilik qilgan?

Sherzod Nurmatov
20 avg 2022, 20:19
"Inter" himoyachini qo'yib yuborishni istamadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning takidlashicha, 27 yoshli slovakiyalik Milan Shkrinyarning Parij jamoasiga o'tishiga "Inter" prezidenti Stiven Chjanning shaxsan o'zi to'sqinlik qilgan. Xabar qilinishicha, milanliklar endi futbolchi bilan shartnomani 2027 yilning iyunigacha uzaytirishga tayyor.

PSJ Shkrinyar uchun 50 million evro va bonuslar taklif qilgan.

Milan Shkrinyar 2021/2022 yilgi mavsum "Inter" safida 48 ta o'yinda 4 ta gol urgan. Uning Milan klubi bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano