

Aytish kerakki, PFL bundan bir necha kun oldin 15-16-tur uchrashuvlarining barchasini bir vaqtda yani soat 14:00da boshlanashini e'lon qilgandi.
Ma'lumki birinchi ligada joriy yil Samarqanddan ikkita jamoa “Registon” va “Sherdor” ishtirok etmoqda. Agarda e'tibor berayotgan bo'lsangiz har ikkala jamoa ham raqiblarini “OZTM” stadionida qabul qilayotgandi.
Shu bois bo'lajak uchrashuvlarning bir vaqtda o'tkazilishi bu jamoalarga muammo keltirib chiqargani aniq. “Sherdor” matbuot xizmatining saytimizga ma'lum qilishicha, bu jamoa 15-16-tur o'yinlarini Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida o'tkazadigan bo'ldi.
Demak samarqandlik futbol shinavandalari oldida bir kunda ikkita o'yin turibdi. Ko'ramiz muxlislar ko'proq “Registon”ni o'yiniga kirarmikin yoki “Sherdor”.



