Shensni klubdan ketadimi? Posbon javob berdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 20:13
"Yuventus" posboni Voycex Shensni klubdan ketishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytardi.

"Yuventus"da qolishni istayman, klubdagilar ham shuni xohlashayotganini yaxshi bilaman", - dedi futbolchi "Tuttosport" nashriga.

33 yoshli kiperning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi. Oldinroq Italiya matbuoti "Yuventus" polshalik darvozabonni sotishga ahd qilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport