“Sheffild Yunayted” APLda 90 yil avvalgi antirekordni takrorladi

Eldor Akmurzayev
13 dek 2020
Angliya chempionati 12-turida “Sheffild Yunayted” safarda “Sautgempton” bilan o'ynab, yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi.

Jamoa joriy mavsum atigi bir ochko jamg'argan holda jadvalda oxirgi o'rinda turibdi.

1930/31 yilgi mavsumdan beri APL startidan o'rin olgan 12 ta o'yinda hech qaysi jamoa bunchalik kam ochko to'plamagandi. O'shanda “Manchester Yunayted”da 12 turdan keyin 0 ochko bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Kris Uaylder shogirdlari mavsumdagi yagona ochkoni “Fulxem” (1:1) bilan o'yinda oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live