Shavkat Mullajonov "Neftchi" yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2021
Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

PRO liga ishtirokchisi safida bir qator yangi futbolchilar shug'ullanayotgani haqida kecha xabar bergandik. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlariga tajribali himoyachi Shavkat Mullajonov ham qo'shildi.

2020 yilgi mavsum "So'g'diyona" safida o'ynagan Mullajonov Superligada 16ta o'yinda maydonga tushdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia