Shapekoensega Sudamerikana kubogi topshiriladi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2016, 08:39
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi Shapekoense klubiga Sudamerikana kubogini topshirishga qaror qildi, bu haqda klub prezidenti lavozimini bajaruvchi Ivan Tocco ma'lum qildi.

Shapekoense birinchi finalni o'tkazish uchun Kolumbiyaga Atletiko Nasonalga qarshi o'yinga uchib ketayotganida aviahalokatga uchradi.

KONMEBOL Shapekoenseni Sudamerikana kubogi bilan taqdirlashini ma'lum qildi. Bundan tashqari klub 2 million dollar mukofot puliga ham ega bo'ladi. Barchasi rasman e'lon qilindi.

Kubok topshirish marosimi bo'ladimi yoki yo'qmi buni bilmayman, – deydi Tocco.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globo.com