"Shalke" Milik uchun "Atletiko" bilan raqobatlashadi

Alisher
9 apr 2020, 16:17
"Shalke" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikka 25 million evro taklif qilishga tayyor.

Ammo, bu raqam "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis talab qilayotgan 40 million evrodan ancha pastdir. Neapolliklar ham o'yinchini arzon qilishlari ham ehtimoldan yiroq emas, sababi uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

"Napoli" va Milik hali yangi bitim haqida kelishuvga erishishmadi. 26 yoshli futbolchi bir mavsum uchun 5 million evro maosh oladi.

Polshalik futbolchiga shuningdek "Atletiko" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar uni Diego Kosta bilan almashtirishga tayyorlar.

Milik joriy mavsum A Seriyada va YCHLda 22ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS