"Shalke-04" FIFA o'yini bo'yicha bo'linma ochdi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2016, 17:49
"Shalke-04" klubi FIFA kompyuter o'yini bo'yicha maxsus bo'linma ochdi.

Sobiq jahon va Germaniya chempioni, World Cyber Games 2009 g'olibi Joshua Beger (Kr0ne) menejer vazifasini egalladi. U klub shartnoma imzolagan avstriyalik Mario Viske (mario) hamda Germaniyalik Cixan Iazarlanga (Cihan Yasarlan) yordam beradi.

Ikkala kibersportchiga istiqbolli o'yinchilar sifatida qaralmoqda. Viske 6 marotaba Germaniya va Avstriya chempioniga aylangan, Iazarlan esa o'z faoliyatining birinchi yilida ko'plab turnirlarda g'alaba qozongan.

"Shalke-04"da ishlashdek orzuim ushaldi. Maqsadimiz - FIFAning yangi darajaga olib chiqish. "Shalke-04" bunga mos hamkor hisoblanadi" - deydi Beger.

Kibersport yo'nalishi boshlig'i Tim Raygertning takidlashicha, jamoaning asosiy maqsadi kompyuter sporti uchun yagona standart yaratish. U klub muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga umid bildiryapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru