Shahboz Umarov Yevropa ligasida o'ynaydi

Belarusda faoliyat yuritayotgan Shahboz Umarov yaqin orada yangi jamoa safiga o'tishi tobora oydinlashmoqda.

"Energetik BGU" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Shahboz Umarov ayni dam chempionat grandi BATE klubi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

BATE jamoasi Shahboz Umarovning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan va uni tez orada klub safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.

Qayd etish kerakki, Umarov yaqinda BATEga qarshi bahsda chamasi 40 metrlar masofadan jarima zarbasi orqali BATE darvozasiga supergol kiritgandi. Aynan mazkur goldan keyin klub tomonidan qiziqish yana oshgan va muzokaralar boshlangan.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, Umarov BATE kuz oyiga yaqin yo'l oladi va klub o'zbekistonlik futbolchini Yevropa ligasining yangi mavsumiga qaydnomaga kiritishni rejalashtirgan. Tomonlar muzokara jarayonida og'zaki kelishuvga erishishgan.

Eslatib o'tamiz, Belarusda Umarov bilan birgalikda Yaxshiboev ham "Energetik BGU" sharafini himoya qilib kelayotgan va yaqinda chempionat peshqadam "Shaxtyor" klubiga ko'chib o'tgandi. Endilikda Umarov ham klub prospiskasini almashtirishi kutilmoqda.


Manba: championat.asia