Shackix: "Ukrainalik futbolchilar polshaliklardan kuchli"

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 15:53
Kievning "Arsenal" klubi hujumchisi Maksim Shackix JCH-2014 saralashi doirasidagi Ukraina - Polsha uchrashuvidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, Ukrainaning g'alabasini kutayapman. O'z maydonlarida o'ynashadi. Ukraina terma jamoasi guruhda peshqadam bo'lishga loyiq. Ammo qiyin bo'ladi. Hozir futbol shundayki hamma narsa bo'lishi mumkin. Inglizlar o'z maydonlarida Chernogoriya bilan o'ynashadi, ular ham bu o'yinning muhimligini bilib turishibdi.

Polshaning futbolchilari yuqori darajadagi o'yinchilar? Ukrainada bundaylar yo'qmi? Menimcha bu yerdagi futbolchilar kuchliroq va aqlliroq. Ha, Levandovski "Borussiya"da o'ynaydi, lekin uni Ukraina terma jamoasi himoyachilariga muammo keltiradigan o'yinchi deb bilmayman", - deydi Shackix "Faeri.ru" saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com