

"Syomindan xafa emasman. U murabbiy va kim o'ynashini u hal qiladi. Shunchaki muxlislar bilan xayrlasha olmaganimdan xafa bo'lganman. Ishqibozlar banner tayyorlab qo'yishgandi, "Dinamo"dan ketishimni hamma bilardi. Ammo o'yinni tribunadan tomosha qilganman.
Syomin nega bunday qilganini hozirgacha tushunmayman. Bu savolga javobni o'qish men uchun qiziq bo'lardi. "Dinamo" uchun Yuriy Pavlovichdan ko'proq ish qilganman deb o'ylayman. Xayrlashgan odamlaringni hurmat qilishing kerak, biroq har bir o'yinda qo'llab turganlar bilan xayrlasha olmadik.
Tribunada o'tirib bu jamoa uchun 10 yil umrim bekor ketmaganini his qildim" - deydi Shackix.



