Shackix "Goverla" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2014, 11:10
Kievning "Dinamo" va "Arsenal" klublari sobiq hujumchisi Maksim Shackix Ujgorodning "Goverla" klubi futbolchisiga aylandi.
Bu ma'lumot Ukrainaning "Futbol 1" telekanali efirida yangradi. Tajribali o'zbekistonlik futbolchining klub bilan shartnomasi 2,5 yilga tuziladi. 

Shackix bu mavsumning dastlabki qismini "Arsenal" safida o'tkazdi. Klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tarqatilib yuborildi. 35 yoshli hujumchi "kanonirlar" safida jami 95ta o'yin o'tkazib 22ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com