Shackix Abduxoliqovga omad tiladi

Nadirkhuja Yuldashev
31 yanv 2014, 19:26
Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyada o'tkazayotgan Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasi safida hamyurtimiz Temurxo'ja Abduxoliqov ko'rikdan o'tyapti.
Bugun jamoa mashg'ulotlariga yana bir hamyurtimiz Maksim Shackix tashrif buyurdi. "Goverla" jamoasi bilan shartnoma imzolagan hujumchi haqida Xorvatiya klubi sayti shunday yozadi:
- O'zbekiston va "Dinamo" Kiev afsonasi mashg'ulotimizda bo'ldi. U hamyurti Temurxo'ja Abduxoliqovga omad tiladi.
Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia