"Sevilya" "Real" va "Barselona" o'yinchilarini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 apr 2024
Andalusiyaliklar Arda Gyuler va Mark Giuga qiziqish bildirmoqda.

Andalusiyaning "Sevilya" klubi "Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler va "Barselona" hujumchisi Mark Giuni ijaraga olmoqchi, deya xabar bermoqda "Relevo".

Xabar qilinishicha, "Sevilya" allaqachon Gyuler vakillari bilan gaplashgan, ammo turkiyalik Chempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga kyetishni istamoqda. "Barselona" sport direktori Deku Xavi Ernandesning o'rnini bosadigan yangi bosh murabbiyning Giu borasidagi qarorini kutmoqda.

Mark Giu joriy mavsum "Barselona" libosida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo